"Fan, ta’lim va innovatsiyalar uyg‘unligi: yangi imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollari" ilmiy konferensiyasi haqida

“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar, magistrantlar, doktarantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati (O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining 1805161-sonli Guvohnomasi, ISSN 3093-9526, www.sciencehubreview.uz veb-sayti) tomonidan “Fan, ta’lim va innovatsiyalar uyg‘unligi: yangi imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya materiallari tahrir qilinib, alohida to‘plam sifatida elektron shaklda nashr etiladi va konferensiya veb-sayti hamda ilmiy bazalarda har bir maqola alohida joylashtiriladi.

📋 Konferensiya ma'lumotlari

Tashkilotchi: “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati
Guvohnoma: № 1805161
ISSN: 3093-9526
Konferensiya sanasi: 2026-yil 29–30 aprel
Manzil: Toshkent shahri, O'zbekiston
Nashr tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari
Nashr turi: Respublika ilmiy konferensiyasi to'plami
Maqolalarni qabul qilish: har oyning 25-sanasiga qadar

Konferensiyaning asosiy maqsadi

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, yosh olimlar va talabalarning ilmiy g‘oyalarini amaliyotga yo‘naltirishdan iborat.

Konferensiya sho'balari

1. Fan va ilg‘or texnologiyalar

Aniq va tabiiy fanlar, fizika, kimyo, biologiya va nanotexnologiyalar tadqiqotlari.

2. Zamonaviy ta'lim metodikasi va pedagogika

Raqamli ta'lim vositalari, masofaviy o'qitish va innovatsion ta'lim texnologiyalari.

3. Axborot texnologiyalari va dasturiy yechimlar

Sun'iy intellekt, axborot xavfsizligi, ma'lumotlar tahlili va avtomatlashtirish.

4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tilshunoslik

Filologiya, tarix, falsafa, psixologiya va ijtimoiy tadqiqotlar.

5. Tibbiyot, biotexnologiya va salomatlik

Klinik va profilaktik tibbiyot, farmatsevtika va ekologik barqarorlik.

6. Iqtisodiyot, menejment va biznes innovatsiyalari

Innovatsion iqtisodiyot, moliya, investitsiyalar va boshqaruv istiqbollari.

Maqola va tezislarni rasmiylashtirish talablari

  • Matn muharriri: Microsoft Word (Times New Roman, 14 pt, 1.5 interval).
  • Hoshiyalar (polyalar): Yuqoridan va pastdan — 2 sm, chapdan — 3 sm, o'ngdan — 1.5 sm.
  • Hajmi: 3 betdan 10 betgacha.
  • Tuzilishi: Maqola nomi, muallif(lar) F.I.Sh., ilmiy darajasi va ish joyi, annotatsiya va kalit so'zlar (o'zbek, rus, ingliz tillarida), asosiy matn va adabiyotlar ro'yxati.