🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K

"Global o‘zgarishlar sharoitida ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy konferensiyasi haqida

“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar, magistrantlar, doktarantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati (O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining 1805161-sonli Guvohnomasi, ISSN 3093-9526, www.sciencehubreview.uz veb-sayti) tomonidan “Global o‘zgarishlar sharoitida ilm-fan va innovatsion rivojlanish” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya materiallari tahrir qilinib, alohida to‘plam sifatida elektron shaklda nashr etiladi va konferensiya veb-sayti hamda ilmiy bazalarda har bir maqola alohida joylashtiriladi.

Konferensiya ma'lumotlari

Tashkilotchi: “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati
Davlat ro'yxatidan o'tgan guvohnoma: № 1805161
Xalqaro standart seriya raqami (ISSN): 3093-9526
Konferensiya shiori: Ilm bilan global taraqqiyot sari
Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz

Konferensiyaning asosiy yo'nalishlari

🌐

Global fikr va barqaror istiqbol

Chegarasiz imkoniyatlar, global jarayonlar, barqarorlik, zamonaviy strategiyalar va xalqaro munosabatlar tahlili.

🔬

Tabiiy va fundamental fanlar

Fizika, kimyo, biologiya, matematika va boshqa tabiiy fan sohalaridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar.

💻

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari

Informatika, sun'iy intellekt, axborot texnologiyalari, dasturiy yechimlar va raqamli ekotizim transformatsiyasi.

📚

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Pedagogika, psixologiya, filologiya, tarix, falsafa va jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalari.

🏥

Tibbiyot va sog'liqni saqlash

Klinik tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar, jamoat salomatligi va zamonaviy diagnostika usullari.

🌱

Iqtisodiyot va yashil taraqqiyot

Yashil iqtisodiyot, energetika, barqaror rivojlanish, biznes boshqaruvi va resurslardan oqilona foydalanish.

Taqriz jarayoni

Barcha maqolalar ikki tomonlama taqrizdan (double-blind peer review) o'tkaziladi

1. Maqola yuborilishi

Muallif maqolani online tizim yoki Telegram orqali yuboradi. Tahririyat maqolaning texnik talablarga muvofiqligini tekshiradi (1-3 kun).

2. Dastlabki baholash

Tahririyat maqolaning konferensiyaning maqsad va yo'nalishlariga muvofiqligini baholaydi. Mos kelgan maqolalar taqrizga yo'naltiriladi (3-5 kun).

3. Ikki tomonlama yashirin taqriz

Maqola kamida 2 nafar mustaqil taqrizchiga yuboriladi. Taqrizchilar maqolaning ilmiy sifati, originallligi va ahamiyatini baholaydi.

4. Qaror qabul qilish

Taqriz natijalariga asosan qaror qabul qilinadi: qabul qilish, tuzatish talab qilish yoki rad etish. Muallifga natijalar xabar qilinadi.

5. Nashr etish

Qabul qilingan maqolalar tahrir, sahifalash va DOI tayinlash jarayonlaridan o'tadi. Maqola to'plamda nashr etiladi.

Etik tamoyillar va siyosat

🛡️

Plagiatga qarshi siyosat

Barcha maqolalar plagiat tekshiruvidan o'tkaziladi. Plagiat darajasi 20% dan oshmasligi kerak.

🔓

Ochiq kirish siyosati

Konferensiya ochiq kirish (Open Access) tamoyiliga amal qiladi. Barcha maqolalar CC BY 4.0 litsenziyasi ostida nashr etiladi.

©

Mualliflik huquqi

🤖

AI siyosati

Sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish oshkoralik bilan qabul qilinadi. Mualliflar AI dan foydalanish haqida ma'lumot berishlari shart.

Maqola yuborish qo'llanmasi

📋

Umumiy talablar

• Maqola hajmi: 3-10 sahifa (oraliq 1.5, Times New Roman, 14 pt)
• Til: O'zbek, Rus yoki Ingliz tillarida
• Annotatsiya: 150-300 so'z (3 tilda taqdim etilishi kerak)
• Kalit so'zlar: 5-8 ta
• Adabiyotlar: kamida 10 ta manba
• DOI raqami: Imkon qadar barcha manbalarga DOI qo'shilishi kerak
• ORCID: Barcha mualliflarning ORCID identifikatori tavsiya etiladi

🔒

Maxfiylik bayonoti

Saytda kiritilgan ismlar va elektron pochta manzillari faqat konferensiyaning belgilangan maqsadlarida foydalaniladi va boshqa maqsadlar yoki uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi.

Arxivlash va saqlash siyosati

🗄️

Uzoq muddatli saqlash

Barcha nashr etilgan materiallar xalqaro ilmiy repozitoriy va arxivlash tizimlarida saqlanadi. Bu materiallarning uzoq muddatli mavjudligini ta'minlaydi.