"Zamonaviy ilm-fan: yangi g‘oyalar, ilmiy izlanishlar va amaliy yechimlar" ilmiy konferensiyasi haqida
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar, magistrantlar, doktarantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati (O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining 1805161-sonli Guvohnomasi, ISSN 3093-9526, www.sciencehubreview.uz veb-sayti) tomonidan “Zamonaviy ilm-fan: yangi g‘oyalar, ilmiy izlanishlar va amaliy yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya materiallari tahrir qilinib, alohida to‘plam sifatida elektron shaklda nashr etiladi va konferensiya veb-sayti hamda ilmiy bazalarda har bir maqola alohida joylashtiriladi.
📋 Konferensiya ma'lumotlari
Konferensiyaning asosiy maqsadi
Zamonaviy ilm-fanning dolzarb muammolarini tahlil qilish, yangi innovatsion g‘oyalar va ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish, yosh tadqiqotchilar va olimlarning ilmiy hamkorligini mustahkamlashdan iborat.
Konferensiya sho'balari
1. Pedagogika va zamonaviy ta'lim metodikalari
Zamonaviy o‘qitish usullari, ta’limda raqamlashtirish va ilg‘or pedagogik tajribalar.
2. Aniq va tabiiy fanlar
Fizika, matematika, kimyo, biologiya va ekologiya bo‘yicha fundamental tadqiqotlar.
3. Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
Dasturiy ta'minot, AI algoritmlari, kiberxavfsizlik va axborot tizimlari.
4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tilshunoslik
Falsafa, tarix, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va madaniyatshunoslik.
5. Tibbiyot, biotexnologiya va farmatsevtika
Klinik tibbiyot, sog'liqni saqlash, gen injeneriyasi va dori vositalari texnologiyasi.
6. Iqtisodiyot, boshqaruv va biznes innovatsiyalari
Raqamli iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing va xalqaro investitsiyalar.
Maqola va tezislarni rasmiylashtirish talablari
- Matn muharriri: Microsoft Word (Times New Roman, 14 pt, 1.5 interval).
- Hoshiyalar (polyalar): Yuqoridan va pastdan — 2 sm, chapdan — 3 sm, o'ngdan — 1.5 sm.
- Hajmi: 3 betdan 10 betgacha.
- Tuzilishi: Maqola nomi, muallif(lar) F.I.Sh., ilmiy darajasi va ish joyi, annotatsiya va kalit so'zlar (o'zbek, rus, ingliz tillarida), asosiy matn va adabiyotlar ro'yxati.